Bu Prezidentimizning joriy yil 28 mart kuni qabul qilingan «O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorida belgilandi.
2018 yil 1 maydan boshlab o`simliklar karantini bo`yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo`llari, temir yo`l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlariga, qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qo`shimcha to`lovlardan tashqari, Jamg`arma mablag`lari hisobidan har chorak yakuni bo`yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun moddiy rag`batlantiriladi.
Bu Inspeksiya boshlig`i tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning reyting tizimiga muvofiq quyidagicha belgilanadi:
- 70 balldan 80 ballgacha to`plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga
50 foizgacha;
- 80 balldan 90 ballgacha to`plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga
100 foizgacha;
- 90 balldan 100 ballgacha to`plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga 150 foizgacha.






