AsosiyJamiyat

O`zbeksitonda erkaklar muammolari bo`yicha tashkilotga ehtiyoj sezilmoqda

' O`zbeksitonda erkaklar muammolari bo`yicha tashkilotga ehtiyoj sezilmoqda'ning rasmi

Pop tumanida so`nggi ikki yilda o`z joniga qasd qilish ayollarga nisbatan erkaklarda ko`p uchramoqda, deb yozadi O`zA.

2016 yilda tumanda ayollar o`rtasida 15 ta, erkaklar orasida esa 28 ta shunday mudhish hodisa ro`y bergan. O`tgan yilgi tahlillar ham o`z joniga qasd qilish erkaklar orasida ko`pligini (ayollar – 8 ta, erkaklar – 31 ta) ko`rsatyapti.

Ming afsuski, 2016 yilda ularning 23 nafari, 2017 yilda 32 nafari hodisadan keyin o`lgan. Asosan, hodisalar arqondan sirtmoq yasab osish, o`tkir tig`li moslama bilan tomirlarini kesish, oshxona pichoqlari bilan qorin sohasiga jarohat etkazish orqali sodir etilmoqda.

Yosh nuqtai nazardan olganda o`tgan yili o`z joniga qasd qilganlarning 2 nafari, 18 yoshgacha, 21 nafari 19-30 yoshgacha bo`lganlar, 31-60 yosh oralig`idagilar esa 16 tani tashkil qilmoqda. 30 yoshgacha bo`lganlar o`rtasidagi holatlar 8 taga kamaygan bo`lsa, 60 yoshgacha bo`lganlar 5 taga ko`paygan. Ajrashgan orasida 4 ta, turmush qurmaganlar o`rtasida 8 ta, oilalilarning 27 nafari o`z joniga qasd qilgan. Oilaviy kelishmovchiliklar sababli 5 ta, ruhiy kasalliklar tufayli 3 ta, boshqa sabablarga ko`ra 31 ta holat qayd etilgan.

Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni o`rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko`maklashish bo`yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi ushbu dolzarb muammoga alohida e`tibor qaratdi. Tuman mutasaddilariga hududlarda oilalarning ijtimoiy-ma`naviy muhitini doimo o`rganish bo`yicha tavsiyalar berdi.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, xotin-qizlar manfaatlari va huquqlari ustida ko`proq bosh qotirilib, erkaklar muammolari chetda qolayotgandek. Xo`sh, erkaklar nega bunday mudhish qarorga kelyaptilar? Ehtimol hayot qiyinchiliklaridan ruhiy tushkunlikka tushib qolgan erkaklar ma`naviy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, huquqiy yordamga muhtojdirlar? Shu nuqtai nazardan, nodavlat-notijorat tashkiloti maqomida Erkaklar muammolari bo`yicha tashkilotga ehtiyoj tug`ulayotgandek, nazarimizda.

    Boshqa yangiliklar