AsosiyDunyo

Turkiyada yuzdan ortiq talaba zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi

'Turkiyada yuzdan ortiq talaba zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

Turkiyaning shimoliy-g`arbiy qismida joylashgan Bursa viloyatining Nilyufer tumanida 150 nafarga yaqin talaba zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Ularning zaharlanishiga kechki ovqatga tanovul qilingan taom sabab bo`lgan. Kasalxonaga yotqizilgan talabalar orasida chet el fuqarolari yo`q. Ayni paytda jabrlanganlarning ahvoli ancha engillashgan.

Ilgari Turkiyaning Erzinjan viloyatida Afg`oniston, Pokiston va Iroq fuqarolari bo`lgan 26 nafar chet ellik talabalar ham ovqatdan zaharlanishgan edi.

    Boshqa yangiliklar