Rossiya O`zbekiston bilan o`ndan ortiq “Mi-35” rusumidagi vertolyotlarni etkazib berish bo`yicha shartnoma imzoladi. Bu haqida “ArmHitec” ko`rgazmasida Harbiy-texnik hamkorlik bo`yicha federal xizmat boshlig`i o`rinbosari Vladimir Drojjov ma`lum qildi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi.
“Kelishuvga ko`ra, “Mi-35 vertolyotini etkazib berish bo`yicha shartnoma imzoladik. Ayni paytda ishlar muvaffaqiyatli ketayapti va O`zbekiston bilan harbiy texnik hamkorlik rivojlanib borayapti”, - dedi u.
Eslatib o`tamiz, “Mi-35” transport-jangovar vertolyoti bronetexnika va quruqlikdagi o`t ochish nuqtalarini yo`q qilish, shuningdek, shaxsiy tarkib va yuklarni tashish, yaralanganlarni evakuasiya qilish hamda boshqa vazifalarni bajarishga mo`ljallangan. Mazkur havo transport vositasi zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-yaroqlar bilan ta`minlangan bo`lib, har qanday ob-havo sharoitida kunu tun jangovar topshiriqni bajarish imkoniyatiga ega.






