Misrni kuchli qum bo`roni qopladi, deb xabar qildi News.day.az nashri.
Mamlakatning janubiy qismida joylashgan Kena, Asyut, El-Vadi el-Gadid, Luksor, Soxag va Qizil dengizda vaziyat og`ir. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli aksariyat xalqaro trassalar yopilgan.
Shimoliy poytaxt bo`lgan Iskandariya, Xurgada va Nuveybaning yirik portlari ham o`z faoliyatini to`xtatdi. Qum bo`roni kuchli shamol bilan birga kuzatilmoqda. Uning tezligi soniyasiga 20 metrni tashkil etadi.
Qum bo`roni oqibatida elektr simlari uzilib, odamlar chiroqsiz qolishdi.
Misr aholisi zarur bo`lmasa, ko`chaga chiqmaslik, avtotransport vositalaridan foydalanmaslik haqida ogohlantirildi.






