Shu yilning 19-21 iyun kunlari poytaxtdagi Navro`z saroyida 10-xalqaro go`zallik sanoatiga ixtisoslashgan BEAUTYEXPO UZBEKISTAN 2014 hamda Xalqaro ona va bola KinderExpo2014 ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Ushbu tadbir doirasida seminarlar va mahorat darslari, soch turmaklash shoulari o`tkaziladi. Tadbir EXPO POSITION ko`magida O`zbekiston sartaroshlar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Ko`rgazmada Angliya, Gresiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya, Latviya, Livan, Marokko, BAA, Polsha, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Chexiya kabi dunyoning 18 davlatidan 55 dan ortiq kompaniyalar o`z mahsulotlari bilan ishtirok etishadi, deya xabar berishdi tadbir tashkilotchilari.





