AsosiyJamiyat

“Telegram” qachon o`z faoliyatini tiklashi hali ma`lum emas

'“Telegram” qachon o`z faoliyatini tiklashi hali ma`lum emas'ning rasmi

Ayni paytda internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilarning “Telegram” xizmati ishlamay qolgani haqidagi turli fikrlariga to`lib ketdi.

Xabaringiz bor, bugun Toshkent vaqti bilan tush yarmidan boshlab Evropa va Yaqin Sharqdagi ba`zi davlatlar, AQShning Kaliforniya shtati hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hududidagi mamlakatlarda “Telegram” ishlamay qoldi.

Haligacha ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyati tiklanmadi.

Bundan oldingi shu kabi nosozlik bir soat ichida bartaraf etilgan edi.

Bu gal mazkur kamchilik qachon tugatilishi hozircha ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar