Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi qonun ma`qullandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Ta`kidlanganidek, uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada uy-joy kommunal xizmatlar ko`rsatish, ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo`yicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi.
Ayni paytda uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat ko`rsatmoqda.
Kommunal xizmat ko`rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag`batlantirish maqsadida qonunda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18 aprelni Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilanishi qonunda o`z ifodasini topgan.
29.03.2018 15:44
18 aprel - Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasi xodimlari kuni bo`ladi






