Pop tumanidagi “Olmazor” mahallasida o`tkazilgan Nusratullo Ahmedov hamda Odina Rahmonalievaning nikoh to`yiga qatnashgan O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi Ilyos Rahimov ittifoq nomidan kelin-kuvga Buxoro viloyatiga sayohat qilish uchun 2 kunlik yo`llanma topshirdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
– Bugun viloyatimizda o`z ixtiyorlari bilan namunali to`ylar o`tkazayotgan oilalar ko`paymoqda, – deydi I.Rahimov. – Biz yosh kelin-kuyovlarni hamisha qo`llab-quvvatlashga tayyormiz.
Shu kuni ikki yoshga oilaning ma`naviy ruhiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan odob-ahloq qoidalari, sog`lom turmush tarzi, ota-onaga munosabat, oila psixologiyasi kabi kitoblar sovg`a qilindi. Shuningdek, kelinga pazandalik, tikuvchilikni o`rgatish bo`yicha ikki oylik o`quv kurslarida tahsil olish uchun imkoniyat yaratib berilishi aytildi.
Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining bunday tadbirlari Norin, Uchqurg`on, Yangiqo`rg`on, Kosonsoy, Mingbuloq tumanlarida ham o`tkazilmoqda.
29.03.2018 17:18
Namanganlik kelin-kuyov 2 kun Buxoroda sayohat, ham ziyorat qilishadi
