AsosiyJamiyat

O`zbekistonda zilzila qayd etildi

'O`zbekistonda zilzila qayd etildi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma`lumotiga ko`ra 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54 da O`zbekiston Respublikasi hududida er silkinishi qayd etildi.

Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km uzoqlikda janubiy yo`nalishda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan.

Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida, Samarqandda, Sirdaryoda, Farg`onada, Namanganda, Andijonda, Jizzaxda, Qashqadaryoda 2 ballni, Surxondaryoda 2—3 ballni tashkil etdi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida er silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar