AsosiyDunyo

Rio-de-Janeyrodagi aeroportlar JCh boshlanadigan kun ish tashlashdi

Futbol bo`yicha jahon chempionati boshlanadigan kun, mahalliy vaqt bilan 00:00 dan Rio-de-Janeyrodagi uch nafar aeroport xodimlari ish tashlash e`lon qilishdi.

Aeroportda texnik xodimlarning 20 foizi ishlamaydi. Bu namoyish jahon chempionatiga tashrif buyurgan chet elliklarga xizmat ko`rsatishda muammolar keltirib chiqaradi. Biroq, fuqaro aviasiyasi milliy agentligi vaziyatni nazorat qilayotgani va JCh davomida aviakompaniyalar ishlashda davom etishini ma`lum qildi. 

ITAR-TASS xabar qilishicha, namoyishchilar mehnat sharoitini yaxshilashni, oylik maoshni oshirishni va umumiy mehnat shartnomalarini tuzishni talab qilishmoqda.

Avvalroq, San-Paulu metro xodimlari ish tashlashgan edi. Ammo, ular o`z qarorlarini o`zgartirishgan.    

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar