Bangladeshning O`zbekistondagi elchixonasi Bangladesh mustaqilligining 47 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtirdi.
Bangladeshning O`zbekistondagi elchisi janob Mosud Mannan nutq so`zlab, Bangladesh ozodligi uchun kurashgan vatandoshlari ruhini yod etdi. Tadbirda “Bangladeshda savdo va biznesning rivojlanishi” nomli film ham namoyish etildi.

Tadbirda ko`plab oliymaqom mehmonlar — diplamtik korpus rahbarlari, oliy o`quv yurtlari rektorlari, biznesmenlar, san`at namoyondalari, OAV xodimlari va Bangladesh jamoati vakillari ishtirok etishdi.

Foto: Yuriy Korsunsev






