1

Jizzaxda aka-ukalar odam savdosida gumon qilinib ushlandi

Jinoyat 30.03.2018, 16:01
Jizzaxda aka-ukalar odam savdosida gumon qilinib ushlandi

O`zbekistonda ikki shaxs odam savdosida gumonlanib qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Jizzax viloyati IIBga mahalliy fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tanish aka-ukalar uni va ikki nafar farzandini Qozog`istonda yuqori daromadli ish borligini taklif qilishganini bildirgan.

"Qozog`iston Respublikasiga etib kelishlari bilan noma`lum "Zoir" va "Sailxon" ismli shaxslar kutib olib, fuqarolik pasportlarini olib qo`yishganligini va majburiy mehnatga jalb qilib, ulardan foydalanganligini ma`lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan", — deyiladi xabarda.

Ko`rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "b,e,i" bandlari (odam savdosi, ya`ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo`ygan holda) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1