AsosiyJamiyat

Gulistonda 15 yoshli o`smir o`g`rilikka qo`l urdi

'Gulistonda 15 yoshli o`smir o`g`rilikka qo`l urdi 'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida oiladagi noto`g`ri tarbiya bolani o`g`rilikka chorladi.

2018 yil 24 mart kuni T.Ubaydullaev IIBga murojaat qilib, 2018 yil yanvar oyidan 23 mart kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs, devor oshish yo`li orqali uyiga kirib, zargarlik va boshqa buyumlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Guliston tumani “Zarbdor” MFYda yashovchi, maktab o`quvchisi 15 yoshli B.X sodir etganligi aniqlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko`ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar