1

Ergash Soliev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi

Siyosat 31.03.2018, 06:46
Ergash Soliev Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi

«Manas» qishlog`idagi madaniyat saroyida 30 mart kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xo`jaligida islohotlarni davom ettirish bo`yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga mo`ljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi erlarga eksportbop ekinlar ekish, tog`oldi hududlarda dorivor o`simliklar etishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qaroriga muvofiq Ergash Alibekovich Saliev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1