AsosiyJamiyat

Ashxobodda "Made in Uzbekistan" Milliy sanoat ko`rgazmasi davom etmoqda (foto)

'Ashxobodda "Made in Uzbekistan" Milliy sanoat ko`rgazmasi davom etmoqda (foto)'ning rasmi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida "Made in Uzbekistan" Milliy sanoat ko`rgazmasi davom etmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan o`tkazilayotgan mazkur nufuzli forum do`st va qo`shni mamlakatlar o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmon doiralari o`rtasidagi yaqin sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

02jpg_ySB8eDI.jpg

Ko`rgazmada ishtirok etish uchun Ashxobodga O`zbekistonning ko`p qirrali sanoat salohiyatini namoyon etuvchi 70 dan ortiq kompaniya va korxonalardan 250 nafar boshqaruvchi va mutaxassislar delegasiyasi tashrif buyurdi. Bu esa ikki davlat ishlab chiqaruvchilarining o`zaro uzoq muddatli hamkorlik qilishga qiziqishi ortayotganidan dalolatdir.

Ekspozisiya maydonida O`zbekistonning tog`-kon, metallurgiya, neft va gaz, mashinasozlik, elektroenergetika, to`qimachilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari, maishiy texnika, oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korporasiya va kompaniyalar ishtirok etmoqda. Shuningdek, ko`rgazmada milliy avtomobilsozlik, turli sug`urta xizmatlari yutuqlari hamda xalqimizning madaniyati, amaliy san`at va hunarmandligining o`ziga xosligi va betakrorligi bilan tanishish mumkin.

05jpg.jpg

Mazkur ko`rgazmada "O`zbekneftgaz", "O`zqurilishmateriallari", Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "O`zkabel", "O`zkimyosanoat" kompaniyalari tomonidan yuqori sifatli mahsulotlar va yangi texnologiyalar taqdim etilmoqda.

Yuzlab korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi O`zbekiston Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi ko`rgazmada mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va eksport qilinadigan dori-darmon mahsulotlari, tibbiyot vositalari va texnikalarini namoyish etmoqda.


    Boshqa yangiliklar