AsosiyJamiyat

Nukuslik yigit bir yilda 101 kitobni o`qib chiqdi

'Nukuslik yigit bir yilda 101 kitobni o`qib chiqdi'ning rasmi

Nukuslik 24 yoshli To`reniyaz Akimov bir yilda 101 kitobni o`qib chiqdi, deb yozadi Kruz.uz nashri.

To`reniyaz Respublika yoshlar markazi Qoraqalpog`iston bo`limidagi axborot resurs markazining eng faol a`zosi, u 6-sinfgacha Nukus shahridagi 5-sonli umumta`lim maktabida, undan keyin 9-sonli iqtisoslashtirilgan maktab internatida 9-sinfni bitirib, Nukus tumanidagi Kerder kasb-hunar kollejida ta`lim olgan. Hozirda u Nukus shahrida joylashgan «Agro» kafesida barmen lavozimida ishlab kelmoqda.

— Men kitob o`qishni 21 yoshimda boshlaganman. Kitob o`qib insonlarning yaxshi-yomonligini, ularning so`zlari va harakatlari orqali bilib oladigan bo`ldim. Ko`p o`qimagan vaqtlarimda bunga e`tibor qaratmas edim. Shuningdek, yashashdan o`z maqsadimni angladim. Men birinchi o`rinda o`zimni o`zim komil inson qilib tarbiyalab olishim kerak. Shundan so`nggina men ukalarim va kelajakda farzandlarimni komil inson qilib tarbiyalashim mumkinligini tushundim.

Eng sevimli kitobim Jek Londonning «Martin Iden» romani. Asar qahramoni kitob o`qish orqali komil inson bo`lib, odamlarni farqlashni boshlaydi. Sevgan qizi unin amaldar bo`lishini hoxlaydi, lekin u yozuvchi bo`lishni tanlaydi. Ko`p kitob o`qigan inson o`zini o`zi boshqaradi, o`ziga nima kerakligini biladi va ongi bilan qalbi bir bo`ladi, - deydi Akimov To`reniyaz.

“Kitob-beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi”, degan edi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.

Haqiqatan ham inson hayotida kitobning o`rni beqiyos. Har birimizning bilimlarimiz asoschisi kitobdir. Shuning uchun ham To`renizga o`xshagan yoshlar ko`payib, jamiyatizda yuksak ma`naviyatli komil insonlar soni ortaversin.

    Boshqa yangiliklar