AsosiyJamiyat

Turkiya va O`zbekiston o`rtasida Ona va bola salomatligi muhofazasiga bag`ishlangan hamkorlik dasturi

'Turkiya va O`zbekiston o`rtasida Ona va bola salomatligi muhofazasiga bag`ishlangan hamkorlik dasturi'ning rasmi

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) O`zbekistonda turli yo`nalishlarda loyiha va dasturlarni muvaffaqqiyat bilan amalga oshirib kelmoqda. O`rnatilgan hamkorliklar doirasida malaka oshirish dasturlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu dasturlar orqali mahalliy soha mutaxassislari turkiyalik hamkasblari bilan muntazam tajriba almashish imkoniyatiga ega bo`lmoqdalar.

TIKAningona va bola salomatligi muhofazasiga yo`naltirilganmana shunday tajriba almashuv loyihalardan yana biri,«Shoshilinch akusherlik yordami»mavzusidagi o`quv-amaliy mashg`ulotlar joriy yilning 02 aprel kuniRespublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy - amaliy markazidao`z ishini boshladi.

«Shoshilinch akusherlik yordami»mavzusidagi o`quv-amaliy mashg`ulotlar O`zbekistonda ilk marotaba o`tkazilmoqda va bu mashg`ulotlargaRespublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy - amaliy markazi hamdaToshkent shahridagi turli tug`ruqxona komplekslarining 30 nafar soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Mazkur o`quv-amaliy mashg`ulotlar TIKA,O`zbekiston va Turkiya Sog`liqni Saqlash Vazirliklari hamkorligida shu yilning 7 apreliga qadar davom etadi.

Mazkur o`quv kurslari homilador ayollarga shoshilinch holatlar yordam ko`rsatishga qaratilgan bo`lib, unda akusher-ginekolog, doya va tug`ruq hamshiralari Turkiyaning ushbu sohadagi tajribalari bilan tanishmoqdalar.


O`quv amaliy mashg`ulotlarda ishtirok etish uchun Turkiyadan kelgan shifokorlar ayni vaqtda Turkiya Sog`liqni Saqlash Vazirligining onalar o`limi sabablarini o`rganish komissiyasining a`zolari bo`lib, o`zlarining bu sohadagi tajribalari va erishgan yutuqlari bilan o`rtoqlashmoqdalar.

O`quv-amaliy mashg`ulotlar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar