Regar (Tojikiston) nimstansiyasi orqali Gulcha (O`zbekiston) nimstansiyasiga elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi.
Bu boradagi umumiy eksport hajmi yiliga 1,5 milliard kilovat/soatdan kam bo`lmaydi.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin Dushanbe va Toshkent o`rtasida elektr energiyasi etazib berish bo`yicha kelishuvga erishilgandi.
"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, mamlakatimiz qo`shni davlatdan bir kilovatt elektr quvvatini yoz mavsumida ikki AQSh senti, qish mavsumida esa 2,5 sentdan sotib oladi.






