AsosiyJamiyat

Putin o`zbekistonlik olimga “Rossiyada xizmat ko`rsatgan fan arbobi” unvonini berdi

'Putin o`zbekistonlik olimga “Rossiyada xizmat ko`rsatgan fan arbobi” unvonini berdi   'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisod fanlari doktori, professor Nabi Saidkarimovich Ziyodullaevga “Rossiyada xizmat ko`rsatgan fan arbobi” unvonini berish to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Sputnik.uz nashri xabar berdi.

Hujjatga ko`ra, unvon o`zbekistonlik olimning ilm-fan rivojiga qo`shgan ulkan hissasi va uzoq yillik samarali faoliyati uchun berildi.

Nabi Ziyodullaev 1944 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1965 yilda Toshkent Xalq xo`jaligi institutini tamomlagan.

1970-90-yillarda O`zbekiston va Markaziy Osiyoda ilmiy-tadqiqot ishlarining iqtisodiy-matematik yo`nalishlarini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. Olim 1995 yilda Moskvaga, akademik S.Shatalinning Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar xalqaro jamg`armasiga taklif etildi va 2006 yilgacha u erda vise-prezident bo`lib ishladi.

Nabi Ziyodullaev mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish, sanoat va bank ishini boshqarish bo`yicha 7ta shaxsiy va 12ta jamoaviy monografiya hamda 200dan ortiq ilmiy ish muallifi hisoblanadi. Olim 5 fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan.

2013 yildan buyon Rossiya Fanlar akademiyasining Bozor muammolari instituti bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat ko`rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar