“Mo``tabar ayol” ko`krak nishonini ta`sis etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ-257, 02.04.18 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra “Mo``tabar ayol” ko`krak nishonini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida topshiriladi.
“Mo``tabar ayol” ko`krak nishoni bilan mukofotlash O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi Boshqaruvining qarori asosida amalga oshiriladi.
“Mo``tabar ayol” ko`krak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko`rsatgan, o`zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo`shgan joylarda ma`naviy-axloqiy muhitni sog`lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ`ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.
Adliya vazirligining matbuot xizmati xabariga ko`ra, ko`krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida biryo`la to`lanadigan pul mukofoti oladilar. Bu haqda






