AsosiyJamiyat

Ayol kishi boshqarayotgan "Camry" avtomobili yonib ketdi (foto)

'Ayol kishi boshqarayotgan "Camry" avtomobili yonib ketdi (foto)'ning rasmi

3 aprel kuni taxminan soat 19:30 da Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida yo`l-yo`lakay "Camry" avtomobili yonib ketdi.

Toshkent shahar YHXBda berilgan xabarga ko`ra, avtomobilni ayol kishi boshqarayotgan bo`lgan.

Bundan tashqari, avtomobil salonida ikki nafar yosh bolalar bo`lgan. Harakatlanish davomida birdaniga mashina kapoti tutashni boshlagan.

Nosozlikni sezgan ayol mashina to`liq yonib ketishidan avval to`xtab, zudlik bilan bolalarni mashinadan olib chiqqan. O`sha paytda ko`prikda mashinalar harakati vaqtincha to`xtab qolgan.

Yong`in tezlik bilan o`chirilgan, jabrlanganlar yo`q.


    Boshqa yangiliklar