AsosiyJamiyat

Bugun Janubiy vokzaldan ilk poezd Buxoroga yo`l oladi

'Bugun Janubiy vokzaldan ilk poezd Buxoroga yo`l oladi'ning rasmi

Avvalroq Toshkent Janubiy vokzali zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekonstruksiya qilingani haqida xabar bergan edik. Bugun Toshkent Janubiy vokzali o`z ishini qaytadan boshladi.

Rekonstruksiyadan keyin vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektargacha kengaytirilib, 650 metrlik 3 ta perronga ega bo`ldi.

Zamonaviy usulda qurilgan ushbu vokzal bir vaqtning o`zida 500 yo`lovchiga xizmat ko`rsata oladi.

Bir kecha-kunduzda esa 20 000 yo`lovchi 19 yo`nalish bo`yicha bu erda kutib olinadi va kuzatiladi.

Kechki soat 20.00 dan keyin vokzaldan ilk poezd Buxoroga yo`l oladi.

    Boshqa yangiliklar