AsosiyJinoyat

O`ta xavfli residivist yana jinoyatga qo`l urdi

'O`ta xavfli residivist yana jinoyatga qo`l urdi'ning rasmi

Urganch shahrida yashovchi, J.Eshchanov o`zining o`tgan 47 yillik umri davomida, sudning “qora kursi”siga to`rt bora o`tirib, “o`ta xavfli residivist” degan “tamg`a”ni olib ulgurdi.

“O`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas” deganlari rost ekan. 2018 yil 29 mart kuni “o`lja” izlab Urganch shahar markaziy dehqon bozoriga kelgan J.Eshchanovning nazari bozorda narsa xarid qilayotgan ayolning cho`ntagidagi qimmatbaho uyali telefon apparatiga tushdi. U fursat kutib o`zining navbatdagi qabihligini amalga oshirmoqchi bo`ldi. Ammo, Qo`shko`pirlik Nasibaning cho`ntagidan narxi 2 million 300 ming so`mlik uyali telefon appparatini yashirincha o`g`irlab olishga ulgargan ham ediki, J.Eshchanov shu erda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.

Boshi bir necha bor toshga tekkan bo`lsa-da, hayotda o`ziga to`g`ri xulosa chiqarmagan J.Eshchanov yana bir bor umrining ma`lum qismini tikanli sim bilan to`silgan devor ortida o`tkazadigan bo`ldi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, o`zi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

O`zA xabariga ko`ra, hozirda mazkur holat yuzasidan IIB organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar