Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16 fevralidan Toshkent viloyatining M-39 "Toshkent – Termiz" avtomobil yo`lining Yangiyo`l va Chinoz tumanlari hududiga o`rnatilgan fotoradarlar to`laqonli ishlamoqda.
Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatining O`zAga bergan xabariga ko`ra, bugungi kunda 35 mingdan ziyod belgilangan tezlikni oshirgan transport vositalari qayd etildi.
Qoidabuzar 8 ming 480 nafar haydovchi qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o`z vaqtida to`ladi.
Viloyat YHXB tomonidan o`z vaqtida jarimani to`lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirda 60 kun ichida jarimani to`lamagan qoidabuzar haydovchilar avtomashinasi jarima maydoniga qo`yilishi nazarda tutilgan.
05.04.2018 09:29
Toshkent viloyati YHXB ogohlantiradi: 26 mingdan ziyod avtomobil jarima maydoniga qo`yilishi mumkin






