AsosiyJamiyat

Jizzaxda mudhish YTH: yo`lovchilar voqea joyida vafot etgan

'Jizzaxda mudhish YTH: yo`lovchilar voqea joyida vafot etgan'ning rasmi

Kecha, 4 aprel kuni soat 12:40 larda Paxtakor tumani hududidan o`tgan 4R-34 “Jizzax – Gagarin” yo`nalishining 49-kilometrida avtotransport hodisasi sodir etildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar qiladi.

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro “Neksiya”ni “Jizzax – Do`stlik” yo`nalishida boshqarayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Arnasoy tumanida yashovchi “Qordagi qoplon” MChJ haydovchisi boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan.

To`qnashuv natijasida avtoulov salonidagi yo`lovchilar voqea joyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar