AsosiySport

Bugun Superliganing beshinchi turi start oladi

'Bugun Superliganing beshinchi turi start oladi'ning rasmi

Bugun futbol bo`yicha O`zbekiston Superligasining navbatdagi turi boshlanadi. Unda ikkita uchrashuv bo`lib o`tadi, deya xabar bermoqda "Olamsport" nashri.

Tur o`yinlari Farg`onada start oladi. "Istiqlol" stadioni "Neftchi" hamda AGMK klublari to`qnash kelishadi. Mazkur o`yin soat 18:00da boshlanadi. Bu uchrashuv yakuniga etgach Navoiyda "Qizilqum" va "Bunyodkor" o`rtasidagi o`yin o`tkaziladi. Bu uchrashuv soat 20:00da start oladi. Ikkala o`yin SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi.

5-tur
5 aprel (payshanba)

18:00 - “Neftchi” – AGMK
Hakamlar:
R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), D.Karimov (Toshkent).
Nazoratchi – A.Arutyunov (Toshkent).
Komissar – A.Frolov.

20:00 - “Qizilqum” – “Bunyodkor”
Hakamlar:
V.Serazitdinov (Toshkent), A.Sapenko (Toshkent vil.), T.Gaynullin (Toshkent), R.Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent).
Komissar – R.Chernikov.

Turning qolgan o`yinlari esa 6 va 7 aprel kuniga belgilangan.

6 aprel (juma)
18:00 - “Buxoro” – “Paxtakor”
Hakamlar:
T.To`xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), N.Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi – B.Tog`aev (Toshkent).
Komissar – M.Saidqosimov.

20:00 - “Metallurg” – “So`g`diyona”
Hakamlar:
Z.Qodirov (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), O.Jumaev (Navoiy), S.Abdurahmonov (Toshkent).
Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).
Komissar – L.Qo`chqorov.

7 aprel (shanba)
20:00 - “Navbahor” – “Nasaf”
Hakamlar:
V.Seytlin (Toshkent), T.Galeev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), R.Lutfullin (Toshkent).
Nazoratchi – S.Ermatov (Toshkent).
Komissar – B.Namozov.

18:00 - “Lokomotiv” – “Qo`qon-1912”
Hakamlar:
V.Kovalenko (Toshkent), R.Shoyaxmetov (Toshkent), A.Po`latov (Toshkent), A.Xudoyberganov (Toshkent).
Nazoratchi – A.Popov (Toshkent).
Komissar – B.Mametov.

    Boshqa yangiliklar