AsosiyJamiyat

Toshkentda AQSh fuqarosi yo`lovchi ayolni urib yubordi

'Toshkentda AQSh fuqarosi yo`lovchi ayolni urib yubordi'ning rasmi

Kecha, 4 aprel kuni soat tahminan 17:00 da Toshkent shahrining Yunusobod tumani Amir Temur ko`chasida sodir bo`lgan YTHda bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

"AQSh fuqarosi bo`lgan 25 yoshli M.A “Kaptiva” rusumli mashinada ayol yo`lovchi O`zbekiston fuqarosi (1985 y.t.) A.O ni urib yuborgan", -deyilgan xabarda.

Jarohat olgan yo`lovchi shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan, biroq bugun ertalab u hayotdan ko`z yumgan.

Ma`lum bo`lishicha, ayol piyodalar yo`lagidan o`tayotgan bo`lgan, shu paytda o`zining tan olib aytishicha, e`tiborsizlik qilgan haydovchi piyodaga yo`l bermay urib yuborgan. Haydovchi spirtli ichimlik ta`sirida bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar