AsosiyJamiyat

Mamlakatimizga olib kirilayotgan ko`p miqdordagi o`q-dorining yo`li to`sildi

'Mamlakatimizga olib kirilayotgan ko`p miqdordagi o`q-dorining yo`li to`sildi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Najimov” chegara-bojxona postida qo`shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro R. D. bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ma`lum qilmasdan turib, 10 ta qutida jami 2 kg. porox, 50 dona 12 mm. kalibrdagi patron, 1536 dona kapsulani bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan paytda to`xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamiz bojxona chegaralari orqali qurol-yarog`, o`qotar qurol va o`q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs ularni o`z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar