“Maxsustrans” davlat ishlab chiqarish boshqarmasi 2018 yilning 1 aprelidan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo`yicha tariflar oshirilganini ma`lum qildi.
Mazkur tarif qiymati xonadonda istiqomat qiluvchi har bir kishi, ya`ni jismoniy shaxs uchun 3900 so`m deb belgilandi. Ilgari bu miqdor 3500 so`m edi.
Byudjet va xo`jalik hisobidagi tashkilotlar uchun bu boradagi tarif har bir kub metr qattiq maishiy chiqindi uchun 46788 so`m 30 tiyin etib belgilandi. Oldin uning narxi 41,9 ming so`m edi.
Axlatlarni tashib ketish tarifi esa 17484 so`m 22 tiyinga qadar oshirildi.
Bungacha tariflar 2017 yil 1 sentyabrda oshirilgan edi.






