Rossiyaning Mordoviya Respublikasida 54 yoshli muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro O`zbekistonning 32 yoshli fuqarosi bilan janjallashib qolishi oqibatida uni o`qotar qurolda otib o`ldirgan, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri Rossiya Federasiyasi tergov qo`mitasining Mordoviya Respublikasi bo`yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabariga tayanib.
“Tergov davomida erkaklar o`rtasidagi janjal marhum tomonidan sudlangan kishi uchun qurilayotgan uy sabab kelib chiqqani aniqlandi”, — deyilgan xabarda.
Sud jinoyatchini qat`iy rejim asosida o`tkazish sharti bilan etti yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qildi.






