AsosiyJamiyat

Boysunda “Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlari tomonidan bog`cha rekonstruksiya qilindi (foto)

'Boysunda “Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlari tomonidan bog`cha rekonstruksiya qilindi (foto)'ning rasmi

“Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlari tomonidan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Rabat qishlog`idagi “Boshrabot” mahallasida joylashgan 10-sonli “Orzu” maktabgacha ta`lim muassasasi qayta rekonstruksiya qilindi.

Bugun, 7 aprel kuni ushbu bog`chada qayta ta`mirdan keyin tantanali ochilish tadbiri bo`lib o`tdi.

Qisqa muddat ichida maktabgacha ta`lim muassasasi to`liq rekonstruksiya qilindi: yangi transformator kichik stansiyasi tayyorlanib, o`rnatildi, isitish qozonlari birlashtirildi, bolalar uchun zamonaviy arg`imchoqlar, tepaliklar, sport jihozlari va boshqa bir qator qulayliklar yaratildi.

Zamonaviy bog`chaga “Rabat” qishlog`ida istiqomat qiluvchi mingdan ortiq oilalarning 100 gacha bo`lgan farzandlari qabul qilinadi.

Ochilish marosimida bog`cha ma`muriyati, “Surhan Gas Chemical Operating Company” kompaniyasining vakillari, “Mustaqillikka 25 yil” rivojlantirish loyihasining investorlaridan biri, biznesmen Anrey Filatov ham qatnashdi.

    Boshqa yangiliklar