Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2018 yil 16 mart kuni Harakat MFY Tutzor 2-tor ko`chasi 36-uyda yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan B.Saidumarovning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Yong`in oqibatida uyining pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida B.Saidumarovning 2006 yilda tug`ilgan o`g`li A.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan edi.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumani Harakat MFY Tutzor 2-tor ko`chasi 3-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1996 yilda tug`ilgan Z.Adhamov sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan.






