Turkiya va O`zbekiston Sog`liqni saqlash Vazirliklari, TIKA hamda “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida o`tkazilayotgan “10-O`zbekiston-Turkiya plastik jarrohlik operasiyalari haftaligi” Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida boshlandi.

Turkiya Jumhuriyati Sog`liqni saqlash Vazirligiga qarashli ilg`or klinikalarda faoliyat olib borayotgan 14 etakchi shifokorlar ishtirokida 06-13 aprel kunlari bo`lib o`tadigan haftalik davomida 600dan ortiq bemorlarni ko`rikdan o`tkazish va 150 atrofida bemorlarni operasiya qilish rejalashtirilgan.

Ikki mamlakatdagi aloqador tashkilotlarning say-harakatlari bilan 10 yildan buyon an`anaviy ravishda o`tkazib kelinaetgan ushbu loyiha 2014, 2015 va 2016 yillarda Farg`ona viloyatida, 2017 yilda esa Termiz shahrida bo`lib o`tgan edi.

Loyiha doirasida lab-tanglay yoriqlari, kuyish jarohatlari va tug`ma nuqsonlari bo`lgan bolalar O`zbekistonlik va Turkiyalik shifokorlar hamkorligida bepul operasiya qilinadilar.
Aksiyaning ilk kuni bemorlar ko`rikdan o`tkazildi va operasiya uchun zarur tahlillarni topshirdilar. Aksiyaning boshlanishgi bag`ishlangan va 7 aprel kuni bo`lib o`tgan tadbirga Turkiya hamkorlik va muvrfiqlashtirish Agentilining O`rta Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti rahbari Dr.Ali O`zgun O`zturk, Turkiya Sog`liqni Saqlash Vazirligining salomatlik haftaligini o`tkazish bo`yicha koordinatori Guvench GUNGOR, Surxondaryo viloyati Hokimi o`rinbosari Mavluda Kobilova va Surxondaryo viloyati sog`liqni saqlash Boshqarmasi boshlig`i Abdusamat Norqobilov ishtirok etdilar.

Ali O`zgun O`zturk, TIKAning O`zbekistondagi faoliyatlarida sog`liqni saqlash loyihalariga katta ahamiyat berilayotgani haqida so`z yuritib, ushbu aksiyaning maqsadi bolalarning sog`liqlarini tiklash va ularga xursandchilik baxsh etishdir deb ta`kidlab o`tdi.

Surxondaryo viloyati Hokimi o`rinbosari Mavluda Kobilova “Ushbu aksiyaning O`zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan ona va bola salomatligi siyosatiga mos ravishda amalga oshirilayotganligini ta`kidlab, bu tadbirni o`tkazishni tashkillashtirgan Trukiya Jumhuriyati sog`liqni saqlash Vazirligiga, TIKA tashkilotiga va barcha tashkilotchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Surxandaryo viloyati ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida boshlangan aksiyaning birinchi kuni 152, ikkinchi kuni 87 bemor ko`rikdan o`tkazilib 25 bolajonlarda plastik jarrohlik operasiyalari amalga oshirildi.

Aksiya doirasida nafaqat Surxondaryo viloyatidagi, balki Qashqadaryo viloyatidan kelgan bolalar ham operasiya qilinadi.

150 artofida bemor bolalarni operasiya qilish rejalashtirilgan “O`zbekiston-Turkiya plastik jarrohlik operasiyalari haftaligi” uchun zarur barcha dori-darmonlar Turkiya tomonidan ta`minlandi.






