AsosiyJamiyat

Mehnatkash oila 8 sotix tomorqadan 40-50 million so`m daromad oldi

'Mehnatkash oila 8 sotix tomorqadan 40-50 million so`m daromad oldi'ning rasmi

Ulug`norlik Baxtiyor Hasanov tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligini ta`minlash bilan birga, el dasturxoni to`kinligiga munosib hissa qo`shayotgan omilkorlardan.

Baxtiyor aka 8 sotixli tomorqasida 4 ta issiqxona tashkil etib, pomidor, bodring etishtirish bilan birga, ko`chatlar parvarishini ham yo`lga qo`ygan. Issiqxona hosilidan o`tgan yilda oila byudjetiga 40-50 million so`m daromad kelib tushdi, deb yozadi O`zA.

02.JPG

– Tomorqadan yiliga 3-4 marotaba hosil olamiz, – deydi B.Hasanov. – Oilamiz bilan etti yildan beri shu ish bilan shug`ullanamiz. Ayni paytda 40 ming donadan ko`p ertapishar pomidor ko`chati parvarishlanyapti. Yaqinda 22 ming dona shunday ko`chatni omilkor ziroatchilarga 10 million so`mga sotdik. 2 ming dona bodiring niholi baravj o`smoqda, gullab hosil tugishni boshlayapti.

01.JPG

Xonadon bekasi Gullola Hasanovaning aytishicha, oila bu yilgi daromadidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy engil avtomashina xarid qilishni maqsad qilishgan.

04.JPG

Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni o`rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko`maklashish bo`yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi ushbu xonadondagi ma`naviy muhit bilan tanishdi. Oilaning tomorqachilik tajribasini tumanga targ`ib qilish borasida mutasaddilarga aniq ko`rsatmalar berdilar.

    Boshqa yangiliklar