Rossiya Federasiyasining Stavropol o`lkasida yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lganlarning jasadlari O`zbekistonga keltirildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar vazirliklari, «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan sa`y-harakatlar natijasida, kecha, 8 aprel kuni vafot etgalarning jasadlari olib kelinib, ikkita maxsus transportda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga etkazildi.
Vafot etganlar o`z yashash joylariga dafn etildi.
Eslatib o`tamiz, 2018 yilning 4 aprel kuni Rossiya Federasiyasining Stavropol o`lkasida yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi halok bo`lgan edi.






