AsosiyJamiyat

Temir yo`l transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash tartibi belgilandi

'Temir yo`l transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash tartibi belgilandi'ning rasmi

Mahalliy va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha temir yo`l transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ-278, 09.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra:

- mahalliy va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha temir yo`l transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini lisenziyalash Temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;

- mahalliy va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha temir yo`l transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;

- mahalliy va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha temir yo`l transportida yo`lovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) lisenziyalar beriladi.

- Lisenziya talabgorining arizasiga ko`ra, lisenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:

- mahalliy yo`nalishda yo`lovchilar tashish;

- xalqaro yo`nalishda yo`lovchilar tashish;

- mahalliy yo`nalishda yuklar tashish;

- xalqaro yo`nalishda yuklar tashish.

Lisenziya besh yil muddatga beriladi. Lisenziya talabgorining arizasiga ko`ra lisenziya besh yildan kam bo`lgan muddatga berilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar