Urganchda Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Xorazm viloyati shahar hamda tumanlar kengashlariga “Neksiya” va “Matiz” rusumidagi xizmat avtomashinalari topshirildi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri
— Tumanimizda 43 ta mahalla fuqarolar yig`ini bo`lib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uslubiy yordam ko`rsatishda kengashning alohida o`rni bor, — deydi Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Bog`ot tumani kengashi raisi birinchi o`rinbosari Erkin Ro`zmetov. — Davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig`inlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tufayli hududlardagi muammolar bartaraf etilmoqda, huquqbuzarliklar kamayib, ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligi ta`minlanmoqda. Mashinalar berilishi xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlash, ayniqsa, chekka qishloqlar aholisiga amaliy yordam ko`rsatish hamda faoliyatimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishimizga xizmat qiladi.






