AsosiyJamiyat

Birinchi chorakda O`zbekistonda o`g`il bolalar ko`proq tug`ilgan

'Birinchi chorakda O`zbekistonda o`g`il bolalar ko`proq tug`ilgan'ning rasmi

2018 yilning yanvar-mart oylarida 147,0 mingta bola tug`ilgani qayd etilgan bo`lib (bu erda va bundan keyin tug`ilganlarga faqat tirik tug`ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffisienti 18,2 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega kamaygan (2017 yilning yanvar-mart oylarida 18,3 promille bo`lgan).

Tug`ilish koeffisienti 2017 yilning mos davriga nisbatan Samarqand viloyatida (18,9 promilledan 20,1 promillega) va Toshkent (15,7 promilledan 16,6 promillega) shahrida sezilarli o`sgan bo`lib, aksincha kamayish esa Sirdaryo (19,5 promilledan 18,0 promillega) va Xorazm (16,9 promilledan 16,1 promillega) viloyatlarida kuzatildi.

Jami tug`ilganlarning 32,1 %i onaning 1-farzandi, 36,8 %i onaning 2-farzandi va 31,1 %i onaning 3-va undan yuqori farzandlariga to`g`ri kelmoqda.

Qiz bolalar: 69,9 ming nafar. O`g`il bolalar: 77,1 ming nafar.

2018 yilning yanvar-mart oylarida 37,8 mingta o`lim qayd etilgan bo`lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffisienti 4,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-mart oylarida 5,0 promille bo`lgan). O`lim koeffisienti 2017 yilning mos davriga nisbatan Toshkent viloyatida (5,6 promilledan 6,1 promillega) va Toshkent shahrida (6,9 promilledan 7,0 promillega) o`sgan bo`lib, sezilarli darajada kamayishi Farg`ona (5,0 promilledan 4,4 promillega), Xorazm (4,6 promilledan 4,0 promillega), Andijon (5,7 promilledan 5,2 promillega) va Namangan (5,0 promilledan 4,5 promillega) viloyatlarida kuzatildi. 2018 yil yanvar-mart oylarida jami vafot etganlarning 6,7 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichik yoshdagilarga (2017 yilda 7,4 %), 24,4 %i mehnatga layoqatli yoshdagilarga (2017 yilda 25,7 %), 68,9 %i mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagilar (2017 yilda 66,9 %) hissasiga to`g`ri keldi. 2018 yilning yanvar-mart oylarida vafot etganlar soni 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,5 ming kishiga kamaygan.

    Boshqa yangiliklar