AsosiyJamiyat

Toshkentdan yo`lga chiqqan avtobus Olmaotaga etib keldi

'Toshkentdan yo`lga chiqqan avtobus Olmaotaga etib keldi'ning rasmi

Yangi «Toshkent – Olmaota – Toshkent» xalqaro avtobus yo`nalishidagi ilk sinov qatnovi 12 aprel kuni Olmaota shahriga etib keldi...

O`zbekiston bilan Qozog`iston avtomobil va temir yo`llari o`zaro integrasiyalashgan. Bu muhim kommunikasiya tarmog`i uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini o`tamoqda. O`tgan yillar davomida transport qatnovi sohasida amaliy hamkorlik sezilarli darajada kengayib, mintaqalar o`rtasida sheriklik mustahkamlanayotgani, Qozog`istonning Maqtaaral tumani hududidan o`tgan Toshkent va Samarqandni bog`lovchi avtomobil yo`lining ochilishi, Toshkent – Olmaota tezyurar poezdi va ikki mamlakat shaharlari o`rtasida avtobus qatnovining, «Toshkent – Chimkent – Toshkent» yo`nalishida xalqaro avtobus qatnovining yo`lga qo`yilgani transport kommunikasiyasini yanada kengaytirishga, hududlararo aloqalar, savdo va turizm rivojiga xizmat qilmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Avval xabar qilganimizdek, tashuvchilar tomonidan yo`nalish bo`yicha yo`l haqi narxi 100 ming so`m va tegishli ravishda 4000 tenge narxda tashilishi tashuvchilar tomonidan e`lon qilindi. Muntazam qatnovlar 12 apreldan boshlab “Toshkent” avtovokzalidan kuniga uchta (soat 16:00; 17:00 va 18:00) qatnov amalga oshiriladi. Yo`nalishda xizmat ko`rsatish uchun O`zbekiston tomonidan tashuvchi «Erkin Emina Ekspress Tour» MChJ «Yutong» (Xitoy) rusumli avtobuslardan, Qozog`iston tomonidan tashuvchi «Yug Trans Layn» MChJ esa «Vanxol» (Belgiya) rusumli avtobuslaridan foydalanadi.

Yo`nalish masofasi 818 kilometrni, yo`ldagi vaqt esa 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Jadvallarda “G`isht ko`prik” (O`zbekiston) va “Ipak yo`li” (Qozog`iston) chegara va bojxona nazorat punkti tekshiruvidan o`tish uchun 30 daqiqadan vaqt ajratilgan.

    Boshqa yangiliklar