1

O`zbekistonda qon saratonini davolash imkoniyati paydo bo`ldi

Salomatlik 19.06.2014, 18:21
O`zbekistonda qon saratonini davolash imkoniyati paydo bo`ldi

Gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy instituti 2014 yildan boshlab ko`p tarmoqli mieloma (qon saratoni)tashxisi qo`yilgan bemorlarga asosiy xujayralarni ko`chirib o`tkazish bo`yicha jarrohlik amaliyoti o`tkazila boshlandi. Mamlakatimizda o`tkazilgan izlanishlar samarasi o`laroq endilikda kishilarni o`z shaxsiy asosiy xujayralari bilan davolash imkoniyati paydo bo`ldi. Bu xaqda Pravda Vostoka xabar beradi.

Bunday xujayrani donordan emas, bemorning o`zidan olinadi. Bu holat ba`zi xatarli kasalliklarni 30 foizdan 100 foizgacha davolash imkoniyatini beradi. Ushbu ajoyib imkoniyat O`zbekistonning chet davlatlaridagi hamkasblari bilan tajriba almashishlari, izlanishlarining samarasidir.

Shu asnoda mamlakatimizda Gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy instituti bazasida ilikning asos xujayralari bilan davolash Markazi ochildi. Bundan asosiy maqsad onkogematologik kasallik bilan og`riyotgan bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko`rsatishdan iborat.

Yurtimiz mutaxassislari tomonidan bir qator shunday jarrohlik amaliyotlari o`tkazildi. Ular dunyoning turli mamlakatlarida bir necha oy davomida ayni soha bo`yicha ta`lim olishdi.

Ushbu yil yakuniga qadar yana 10 ta shunday jarrohlik amaliyotini o`tkazish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1