“Urganch” xalqaro aeroporti ham 2013-yilgi ish natijalariga ko`ra Fuqaro aviasiyasi “Aeroport” Assosiasiyasi tomonidan o`tkazilgan tanlovda “MDH mamlakatlari ichida yilning eng yaxshi aeroporti” nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston havo yo`llari rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Urganch” aeroporti yiliga 100 mingdan 500 minggacha yo`lovchiga xizmat ko`rsatadigan aeroportlar o`rtasida o`tkazilgan ushbu nufuzli tanlovda ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Aeroportning barcha xizmatlari bir tartibda ishlaganligi natijasida shunday yuqori yutuqlarga erishish mumkin bo`ldi. Eslatib o`tamiz, yaqinda Urganch aeroportida dunyo servis standartlariga javob beradigan yangi terminal ochildi.





