AsosiyJamiyat

O`zbekistonning barcha Oliy o`quv yurtlari qabul komissiyalari o`z ishini boshladi

20 iyun, juma kuni O`zbekistonning barcha oliy ta`lim muassasalarida qabul komissiyalari o`z ishini boshladi. Abiturientlari 20 iyul kuniga qadar soat 9:00dan 18:00 ga qadar qabul komissiyalariga kelib, o`z hujjatlarinit topshirishlari mumkin.

Xujjat topshirish uchun abiturientlarga quyidagi kerak bo`ladi:

·         abiturientning hujjatlari to`plamida ta`lim yo`nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza;

·         ta`lim haqida hujjatning asl nusxasi (attestat, kollej/lisey diplomi);

·         086-U shakldagi tibbiy ma`lumotnoma;

·         pasport nusxasi;

·         3×4 hajmda 6ta fotosurat bo`lishi kerak.

·         2 dona skorosshivatel;

·         4 ta konvert;

·         Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g`oliblari o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini taqdim etishlari kerak bo`ladi. Abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatni shaxsan ko`rsatadi.

Eslatib o`tamiz, mamlakatimiz Prezidentining “2014/2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish” xaqidagi Qaroriga asosan bu yil jami 62,907 nafar abiturientlar talaba bo`lish baxtiga muyassar bo`lishadi.

Shu fursatdan foydalanib, “Darakchi” gazetasi va www.darakchi.uz sayti nomidan barcha abiturientlarga omad tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar