AsosiySport

Bokschilarimizning etti nafari Fransiyada finalga chiqdi

'Bokschilarimizning etti nafari Fransiyada finalga chiqdi'ning rasmi

Fransiyada boks bo`yicha o`tkazilayotgan xalqaro turnirda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Dunyoning 24 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo`lqop ustalari bahslashayotgan musobaqada sakkiz nafar bokschi yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotir.

Turnirda Abdulxay Shoraxmatov, Shukur Rahimov, Aliyor Noraliev, Fazliddin Meliboev, Odiljon Aslonov, Madiyor Saidrahimov, Sardor Yormuhammedov o`z vazn toifalarida final yo`llanmasini qo`lga kiritgan bo`lsa, faqatgina vazni 91 kilogrammdan og`ir bo`lgan Ulug`bek Mubinov yarim finalda mag`lub bo`ldi.

"A" sinfiga mansub bo`lgan turnirda bugun final uchrashuvlari o`tkaziladi. Mazkur musobaqada Osiyo qit`asidan mazkur musobaqada faqatgina O`zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar