1

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga kelmoqda

Siyosat 15.04.2018, 12:25
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga kelmoqda

Kelayotgan haftaning seshanba kuni, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko`ra, ushbu tashrif davomida Koreya tashqi ishlar vazirining O`zbekiston prezidenti bilan uchrashuvi ham rejalarshtirilgan.

"2018-yilning 17-aprel kuni Toshkent shahriga Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva tashrif bilan keladi. Koreya Respublikasi delegasiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", — deyilgan rasmiy xabarda.

Undan tashqari, delegasiya tashrif dasturida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o`tkazish hamda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1