Yozda Rossiyaning 12ta stadionlarida bo`lib jahon chempionati uchrashuvlarini O`zbekistonda translyasiya qilish huquqini UZREPORT TV qo`lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida xabar berilgan.
«UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV) millionlab futbol muxlislariga ajoyib xushxabarni ma`lum qiladi. Agentlik 2018 yilgi Jahon chempionatini O`zbekiston hududida eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo`lga kiritdi.
O`yinlardan tashqari telekanallar orqali o`ziga xos Jahon chempionati kundaligi - «Highlights»lar ham efirga uzatib boriladi. Unda siz JCh-2018da bo`lib o`tgan o`yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma`lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlardan boxabar bo`lib borishingiz mumkin bo`ladi», deyiladi bayonotda.






