AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: Bironta hududda o`qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo`ladi (video)

'Shavkat Mirziyoev: Bironta hududda o`qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo`ladi (video)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida viloyat faollari ishtirokida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishidaprezident uchun hozirlanayotgan ko`zbo`yamachiliklar va ko`cha supurishga majbur bo`layotgan o`qituvchilar haqida gapirib o`tdi.

"Men viloyatlarga safar oldidan 2-3 kun oldin qaysidir viloyatga borishim haqida e`lon qilinadi. Biron bir viloyatga ko`rinmas odamdek kelib-keta olmayman. Men sharoiti og`ir tumanlarni tanlashga harakat qilaman. Mana Samarqandda bir o`qituvchi vafot etdi. Prezident tashrifigacha 3 kun oldin ro`y bergan bu, lekin mening yuragimda bu men tufayli bo`lgandek qoldi.

Hammamiz kelishib olaylik. Barcha rahbarlarni ogohlantirmoqchiman. Agar bundan buyon bironta hududda tashrif oldidan o`qituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq bo`ladi. Ishdan olish bilan birga o`sha rahbar qonun oldida javobgar bo`ladi", — dedi Prezident.


    Boshqa yangiliklar