AsosiyDunyo

San-Fransisko universiteti olimlari smartfonlar odamlarni baxtsizlikka olib kelishini aniqlashdi

'San-Fransisko universiteti olimlari smartfonlar odamlarni baxtsizlikka olib kelishini aniqlashdi'ning rasmi

San-Fransisko universiteti tadqiqotchilari elektron apparatlarga ruju qo`yish odamlarni baxtsiz qilishini aniqlashdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Smartfonga tobe kishilarning miyasida og`riq qoldiruvchi dorilarga ko`nikma hosil qildiruvchi nevrologik aloqalar paydo bo`lar ekan.

Smartfondan ko`p foydalanadiganlar o`zlarini boshqalardan ko`ra ko`proq yolg`iz his qilishar ekan. Sababi ma`lum – ular ijtimoiy tarmoqlarda uzzukun o`tiraverib, noverbal muloqotga vaqt topolmaydilar.

Mazkur tadqiqot mualliflari imkon qadar smartfon va kompyuterdan kamroq foydalanishni maslahat berishmoqda.

    Boshqa yangiliklar