1

BMT:qochoqlar soni 50 mln kishiga etdi

Dunyo 21.06.2014, 11:40
BMT:qochoqlar soni 50 mln kishiga etdi

Qochoqlar, boshpana so`rovchilar soni ikkinchi jahon urushi vaqtidan buyon ilk bora 50 mln kishiga etdi.

Bu haqda BMTning qochoqlar ishi bo`yicha agentligining hisobotida ko`rsatilgan. Qochoqlar soni 2013 yilga nisbatan 6 mln.ga ko`paygan.

Hisobotda qayd etilishicha, qochoqlarning soni oshishiga Suriyadagi fuqarolar urushi sabab bo`lgan. U erdan o`tgan yili 2,5 million suriyalik o`z vatanini tark etishga majbur bo`lgan. Qolgan 6,5 million kishi esa Suriyada qolgan, ammo o`z uylarini tark etishgan.

Qochoqlar soni ortgan hududlar qatorida Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudan mamlakatlari alohida ko`rsatilgan.

Umuman olganda eng ko`p qochoqlar Afg`oniston, Suriya va Somalidan ekanligi aytilmoqda. Ular butun dunyodagi qochoqlarning yarmidan ortig`ini tashkil qilmoqda. Pokiston, Eron va Livan davlatlari esa qochoqlarni qabul qiluvchi asosiy mamlakat deb topildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1