Elusor macrurus turidagi toshbaqalar yo`q bo`lib ketish arafasida, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.

Mazkur o`ziga xos “pank-toshbaqalar” sudralib yuruvchilar olamidagi eng zaif jonivorlar ro`yxatining 29-qatoridan joy olgan.

Ushbu jonivorlarning aynan beozorligi ham ularning yo`q bo`lib ketishayotganiga sabab bo`lmoqda, chunki avstraliyaliklar ko`pincha bu toshbaqalarni uy hayvoni sifatida asrab olishadi.

Bu toshbaqalar faqat Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Meri daryosida yashashadi. 40 santimetrli ushbu sudralib yuruvchilarning tanasida irokez hindu qabilalarining soch turmagiga o`xshash suv o`tlari o`sadi.







